Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi
“Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–329-son, 22.07.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yoshlar va xotin-qizlar uchun kasb-hunar va tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatining 70 foizi, lekin 1 mln so‘mdan oshmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi.
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunarga, tadbirkorlikka Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida to‘liq bepul o‘qitiladi.
O‘quv kurslarini yakunlagan ishsiz xotin-qizlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi.
Tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunlagan xotin-qizlarga tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishidan boshlab, o‘z faoliyatini mustaqil olib borishiga qadar bo‘lgan jarayonda hokim yordamchilari tomonidan tizimli ravishda amaliy yordam ko‘rsatib boriladi.
Mehnatga layoqatli, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.