Maʼlumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi 678-son qaroriga ko‘ra, 2020-2021 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan. Ushbu dasturning 16-bandida jamiyatda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini taʼminlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida “Gender-madad” elektron huquqiy maslahatchi loyihasini ishga tushirish belgilangan bo‘lib, Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil avgust oyida “gendermadad.uz” elektron huquqiy maslahatchi platformasi ishlab chiqilib, 2022 yil 1 martdan ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi 741-son “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilib, 2019 yil 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
“Madad” NNTning asosiy vazifalari:
Jismoniy va yuridik shaxslar o'zlarini qiziqtirgan masalalar bo'yicha ariza, taklif va shikoyatlar bilan davlat organlarining ishonch telefonlariga murojaat qilishi mumkinligini eslatib o'tamiz. Ishonch telefonlari ro'yxati bilan havola orqali tanishing.
Kontentlar soni
Ijobiy fikrlar
Ko‘rib chiqish vaqti
Murojaatlar