Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyati samarali tashkil etiladi va “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etiladi

Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyati samarali tashkil etiladi va “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etiladi

Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyati samarali tashkil etiladi

“Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini camarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–360-son, 28.11.2025 y.) qabul qilindi.

Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etilgan.

Qarorga ko‘ra, Departament va uning bo‘linmalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi, jumladan: 

► shartnoma asosida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlar, taʼlim muassasalari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va qurilish obyektlarini zamonaviy usullar orqali qo‘riqlash; 

► qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki tartib va nazorat o‘tkazish rejimlarini taʼminlash;

► qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish. 

2026 yil 1 yanvardan qo‘riqlovga olingan banklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa obyektlarning fuqarolar kirish va chiqish joylariga bosqichma-bosqich shaxsning yuzini tanib olish imkoniyatiga ega texnik vositalar o‘rnatiladi.

“Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etiladi

Qarorga ko‘ra, Departamentga qo‘riqlanadigan obyektlarga o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi.

Mahallalarda qo‘riqlash bo‘linmalariga yuklatilgan vazifalarni samarali tashkil etish maqsadida kriminogen vaziyat og‘ir hududlardagi mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasiga qo‘riqlash xizmati inspektori lavozimi kiritiladi.

 Kriminogen vaziyati og‘ir hududlarda, turistik infratuzilma obyektlarida hamda ommaviy dam olish joylarida Departamentning qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlari tashkil etiladi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etiladi: 

► davlat taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari va xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlari filiallarining xavfsizligini shartnoma asosida jismoniy va texnik qo‘riqlash tizimlari orqali taʼminlash; 

► Departament tomonidan shartnoma asosida taʼlim muassasalariga qo‘riqlash signalizatsiyalari, tashvish tugmalari, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish va ularga texnik xizmatlar ko‘rsatish.


O‘xshash yangiliklar

Chat