Gender komissiya

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi:

  1. T.K.Narbayeva — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Komissiya raisi

  2. Z.B.Mahkamova — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi, Komissiya raisining o‘rinbosari

  3. Q.M.Rafiqov — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Komissiya raisining o‘rinbosari

  4. S.Sh.Mirziyoyeva — Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari

  5. M.A.Kadirxanova —  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi

  6. E.M.Borisova —  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi

  7. O.A.Xasanov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

  8. R.K.Davletov — O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

  9. N.B.Xusanov — O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

  10. A.V.Shin — O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

  11. B.O.Saidov — O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlim vaziri

  12. A.H.Toshkulov — O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri

  13. O.A.Nazarbekov — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

  14. J.A.Xodjayev — O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri

  15. S.M.Xolxo‘jayev — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘illikni qisqartirish vaziri birinchi o‘rinboosari

  16. B.N.Abidov — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari

  17. R.A.Maxmudova — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari

  18. S.B.Artiqova — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari

  19. G.X.Raximova — O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

  20. E.I.Basitxanova — O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari

  21. Sh.U.Turdikulova — O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari

  22. B.T.Abdullayev — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

  23. A.A.Xodjayev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

  24. A.Z.Saʼdullayev — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori

  25. D.M.G‘ulomova — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinborasi

  26. G.A.Rashidova — AT «Xalq banki» boshqaruvi raisining o‘rinbosari

  27. Lavozimiga ko‘ra — «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti direktori

  28. O.N.Xusanov — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatlarining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori     

  29. M.R. Shirinova — “Sabr” respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori

  30. B.M. Bekmurodov — “Yuksalish” umummilliy harakati raisi

  31. N.X.Raximova — «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori

  32. N.E.Karimova — «Istiqbolli avlod» nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

  33. Lavozimiga ko‘ra — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari.

Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi».

Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida 2019-yil 1-maydan:

  1. ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlar bekor qilinadi;
  2. tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan soha yoki kasblar ro‘yxati tasdiqlanadi;
  3. bola parvarishlash ta’tilining kamida uch oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi tartibida qo‘shimcha bir oy nafaqa to‘lanadigan bola parvarishlash ta’tili beriladi;
  4. ikki yoshga to‘lmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi;
  5. ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi;
  6. erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudlarda ko‘rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko‘ra davlat hisobidan qoplanadi.
Chat