“Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Muammolarni o‘rganish moduli ishga tushiriladi
“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yana-da takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat Qarori (557-son, 09.09.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyidan “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish moduli (Muammolarni o‘rganish moduli) ishga tushiriladi.
Muammolarni o‘rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo‘yicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi taʼminlanadi.
2024 yil 1 oktyabrgacha:
-
Muammolarni o‘rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi;
-
Muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni masʼul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘rganib chiqish va hal etishni taʼminlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi.
2024 yil 1 oktyabrdan doimiy ravishda Muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.