“Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash va oilaviy zoʻravonlikni oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konfererensiyasi tashkil etildi

“Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash va oilaviy zoʻravonlikni oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konfererensiyasi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylarida xotin-qizlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida mamlakatimiz boʻylab “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” nomli aksiya tadbirlari tashkil qilib kelinmoqda.

Ushbu aksiya doirasida Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan 2022-yil 1-mart kuni “Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash va oilaviy zoʻravonlikni oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash va oilaviy zoʻravonlikni oldini olish boʻyicha Respublikamizda olib borilayotgan ishlar, ularning natijadorligi, xotin-qizlarni zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha mexanizmlarni takomillashtirish masalalari, zoʻravonlikning turlari va koʻrinishlari boʻyicha javobgarlik va masʼuliyatni oshirishga qaratilgan.

Anjumanda Respublikamizning 50 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari, OAV vakillari, shuningdek Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va xodimlari ishtirok etdilar.

Qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻlgan ushbu tadbirda ishtirokchilarga sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyotini kuchaytirish, sohaga oid huquqiy taʼlim va tadqiqotni rivojlantirish boʻyicha foydali tavsiyalar berildi.


O‘xshash yangiliklar

Chat