Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim fuqarolarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim fuqarolarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi

“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–258-son, 25.05.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila aʼzosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming so‘mdan;

  • Toshkent shahrida – 400 ming so‘mdan.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam taʼminlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga – 200 ming so‘mdan.

Bir nechta toifa bo‘yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa bo‘yicha to‘lab beriladi.

Uyida vaqtincha bo‘lmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra bir martalik moddiy yordam pullarini o‘z vaqtida ololmagan fuqarolar to‘lanmagan moddiy yordam pullarini 2022 yil 1 sentyabrgacha olish huquqiga ega.

Qarorga ko‘ra, “Temir daftar”ga kiritilgan hamda bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirilib, ushbu oilalarning har bir aʼzosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladi. 


O‘xshash yangiliklar

Chat