Madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruv takomillashtiriladi

Madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruv takomillashtiriladi

Madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruv takomillashtiriladi


“Madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–150-son, 21.04.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari quyidagi shakllarda transformatsiya qilinadi:

► Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari faoliyati nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilish, havaskorlik sanʼatini rivojlantirish, shuningdek, texnologiya, muhandislik, hunarmandchilik va boshqa yangi yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiladi;

► tuman (shahar) hokimliklari tizimiga o‘tkaziladi;

► xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

► resurslardan oqilona foydalanish uchun samarasiz madaniyat markazlari faoliyati maqbullashtiriladi.

2026 yil 1 iyuldan “Tumor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasi tashkil etiladi. 

Madaniyat bo‘limlari Madaniyat vazirligi tomonidan yuritiladigan reyting natijalari asosida rag‘batlantiriladi. Bunda:

► reyting 2027 yildan boshlab har yilning yakuni bo‘yicha yuritiladi hamda unda madaniy tadbirlarga aholi qamrovi va milliy qadriyatlarni asrash bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga ustuvorlik beriladi;

► reytingda eng yuqori o‘rinni egallagan madaniyat bo‘limlari Davlat byudjeti hisobidan rag‘batlantirib boriladi.

Madaniyat taʼlimi muassasalari rivojlantiriladi


Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan Respublika musiqa va sanʼat texnikumi hamda Respublika estrada va sirk texnikumida:

► 2 yillik boshlang‘ich kasbiy taʼlim, 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘rta kasbiy taʼlim hamda kamida 2 yillik o‘rta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy etiladi;

► bakalavriat taʼlim dasturlari bilan integratsiyalashtirilgan “2+2” dasturlari asosida o‘qitishga ruxsat beriladi.

✅ Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablarida:

► o‘quvchilar musiqa yo‘nalishida 5-sinfdan hamda raqs, teatr, xalq ijodiyoti, tasviriy va amaliy sanʼat yo‘nalishlarida 
9-sinfdan boshlab qabul qilinadi;

► maktab-internatlar uchun belgilangan amaldagi normalar tatbiq etiladi, jumladan, maktab o‘quvchilarining taʼlim olish va yashash xarajatlari to‘liq Davlat byudjeti hisobidan, ularni ovqatlantirish xarajatlari Davlat byudjeti hamda ota-onalar to‘lovi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

► Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning bitiruvchilariga bolalar musiqa va sanʼat maktablarida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

2026 yil 1 iyuldan tajriba tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan “Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasi (investitsiya loyihasi) amalga oshiriladi.


O‘xshash yangiliklar

Chat