Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish tartibi belgilandi

Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (35-son, 29.01.2026 y.) bilan “Ijtimoiy reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish, toifalarga ajratish va Reyestrdan chiqarish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, ariza beruvchi oilasini Reyestrga kiritish uchun davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organga borgan holda yoki ijtimoiy xodim orqali murojaat qiladi.

Shuningdek, “YAMIH” AT, YAIDXP yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ariza berish ham mumkin.

Har bir oila tomonidan ariza topshirish 1 oyda 1 marta amalga oshiriladi.

✔️ Dastlab oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati dastlabki baholashdan o‘tkaziladi.

⏭️ Baholash natijasi bo‘yicha ariza beruvchining oilasini “davlat taʼminotidagi oila” va “kambag‘al oila” deb topishni rad etish uchun asoslar aniqlanmaganda ariza ijtimoiy xodimning shaxsiy kabinetiga savolnoma to‘ldirish uchun yuboriladi. 

Ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan savolnoma axborot modulida avtomatik ravishda “mahalla yettiligi”ga yo‘naltiriladi.

Xulosa “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlangandan so‘ng “YAMIH” AT 3 ish kuni ichida oilani ijtimoiy-iqtisodiy holatini yakuniy baholashdan o‘tkazadi.

Oilaning har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan 1 oylik jami o‘rtacha daromad oxirgi 3 oy uchun hisoblab chiqilgan barcha oila aʼzolarining daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila aʼzolari soniga va 3 ga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Reyestrga oilalar “davlat taʼminotidagi oila”, “kambag‘al oila” va “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifalariga ajratilgan holda kiritiladi.

Oilalar ular Reyestrga kiritilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda oila aʼzolari ishtirokida savolnoma qayta to‘ldiriladi:

▫️ “davlat taʼminotidagi oila” – har 12 oyda;
▫️ “kambag‘al oila” – har 6 oyda.


O‘xshash yangiliklar

Chat