Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi
Farmoyish bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.
Joylarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramini yan gi O‘zbekistonning bunyodkorlik ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilishi belgilandi, jumladan:
► yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat kabi ezgu g‘oyalarning amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘z aksini topayotganini ko‘rsatib berish;
► “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligini ochib berish;
► Konstitutsiya bayrami arafasida taʼlim tashkilotlarida Konstitutsiya darslarini atoqli huquqshunoslar, olimlar, sud, adliya va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari rahbar va xodimlari ishtirokida o‘tkazish.




