Ekopolitsiya tashkil etiladi

Ekopolitsiya tashkil etiladi

Farmonga ko‘ra, Ekologiya qo‘mitasi huzurida “Ekoloyihalar fabrikasi” tashkil etiladi.

2026 yil 1 apreldan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibi joriy etiladi, bunda:

► moliyaviy sanksiyalar pul undirish (jarimalar) tarzida faqat yuridik shaxslarga qo‘llanadi;

► bir xil huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llangan yuridik shaxslarning xodimlariga maʼmuriy jazo chorasini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi;

► huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirish olish hamda jarimani to‘lash qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxsni Ekologiya qo‘mitasining qarorini (taqdimnomasini, ko‘rsatmasini) bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.

Shuningdek, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tashkil etiladi.

Ekopolitsiya Ekologiya qo‘mitasining ekologik xavfsizlikni taʼminlash va bu boradagi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega bo‘lgan maxsus bo‘linmasidir.

Ekologiya qo‘mitasi raisi bir vaqtning o‘zida Ekopolitsiya boshlig‘i hisoblanadi.


O‘xshash yangiliklar

Chat