Talabalar ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi

Talabalar ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi

Qarorga ko‘ra2026 yil 1 maydan nogironlikni belgilash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2026 yil yakunigacha tibbiy ko‘rik jarayonida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qo‘yishda ko‘maklashuvchi sunʼiy intellektga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi.

2025-yil 1-noyabrdan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha Yagona portal orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

2026-yil 1-yanvardan o‘rta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayoni bilan bog‘liq davlat xizmatlari Yagona portal orqali ko‘rsatiladi.

2025-yil 1-noyabrdan transportga gaz baloni o‘rnatilganligiga oid maʼlumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.


O‘xshash yangiliklar

Chat