Talabalarga turar joy ijarasi uchun pul beriladi
Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan.
Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qatʼiy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi.
-
Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (412 ming so‘m);
-
qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (206 ming so‘m).
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.
Ariza berish uchun talaba belgilangan shakldagi anketa-arizani ikki nusxada to‘ldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan o‘zi taʼlim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki OTMining talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshirishi lozim.