Kimlar talabalar turar joylariga ustuvorlik asosida qabul qilinadi?

Kimlar talabalar turar joylariga ustuvorlik asosida qabul qilinadi?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

  • "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;

  • "Ijtimoiy himoya yagona reyestri", "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"da turadigan talabalar;

  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;

  • 1 oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida 2 yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;

  • xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

  • "Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;

  • oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

  • talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.


O‘xshash yangiliklar

Chat