“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

“Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (264-son, 28.04.2025 y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan har 2 yilda 1 marta quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi: 

  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi;

  • pedagogik mahorat markazlari direktorlari o‘rtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • “Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;

  • “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.

Tanlovlar yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nomzod QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Sertifikat asosida g‘oliblar BHMning 1 400 baravari (525 mln so‘m) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


O‘xshash yangiliklar

Chat