Farzandini noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi

Farzandini noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi

Qonun (O‘RQ-1035-son, 20.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yana-da mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi

Qonun bilan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z bolasini shaxsiy eʼtiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqiga egaligi, ular tomonidan o‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olishga jalb etishga, yaʼni bolani ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki litsenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlarga yoxud maxsus diniy maʼlumotga ega bo‘lmagan va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston bo‘yicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy taʼlimni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy taʼlim olish uchun topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olishga jalb etish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. 

Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilandi. 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


O‘xshash yangiliklar

Chat