Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga qo‘shimcha vakolat berildi

Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga qo‘shimcha vakolat berildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-902-son, 01.02.2024 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi

Unga ko‘ra, bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlikda, jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini isteʼmol qilganlikda, shuningdek voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlikda aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlariga zarur vakolatlar berildi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish vakolati berildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


O‘xshash yangiliklar

Chat