1 dekabrdan nimalar o‘zgaradi?
Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshirilmoqda
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga, BHM – 3 foizga oshmoqda (340 000). Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 050 000 so‘m; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 372 000 so‘mni tashkil etadi.
Aholi va biznesdan bir qator maʼlumotlarni talab qilish to‘xtatiladi
Aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 47 turdagi maʼlumotlarni talab qilish bekor qilinmoqda. Tegishli maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida raqamli shaklda olish mumkin.
Olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyuta miqdori oshirilmoqda
Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 million so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi milliy naqd valyuta va (yoki) naqd chet el valyutasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi (ilgari bu miqdor 70 mln so‘mni tashkil etgan).
Ayrim davlat xizmatlari MIZ direksiyalari tomonidan ko‘rsatiladi
Quyidagi davlat xizmatlari, YAIDXP va davlat xizmatlari markazlaridan tashqari, bevosita maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan ham amalga oshiriladi:
-
investitsiya loyihalarini joylashtirish;
-
ishtirokchilarni ro‘yxatga olish;
-
investitsiya loyihalarni amalga oshirish va ijara shartnomalarini imzolash.
“Tashqi reklama” raqamli monitoringi ishga tushiriladi
Reklama joyi pasportini shakllantiruvchi “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi ishga tushirilmoqda.
Auksion natijalari bo‘yicha to‘lov hamda reklamani joylashtirish uchun yig‘im o‘rniga miqdori ochiq elektron auksion orqali aniqlanadigan yagona har oylik yig‘im kiritilmoqda.
Zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi
Magnitudasi 5 va undan yuqori balli zilzilalar ro‘yxatga olinganda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.
Sport maktablarga qabul davlat xizmatlari markazi va YAIDXP orqali
-
Davlat sport-taʼlim muassasalariga;
-
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirishni endilikda davlat xizmatlari markazi va YAIDXP orqali ko‘rsatiladi.