Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi
"Taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan quyidagilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:
-
pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;
-
yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.