Yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi

Yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi

"Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–92-son, 11.03.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan Nuroniy” jamg‘armasiga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.

Bir nuroniy o‘n yoshga masʼul” tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi. 

Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga “Keksalar maslahati” guruhlarining bir nafardan aʼzolari biriktiriladi.

Bir nuroniy o‘n yoshga masʼul” tamoyili hamda “Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib borish tizimi joriy etiladi.

Mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlari har chorakda BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantirib boriladi.


O‘xshash yangiliklar

Chat