Ayrim sud ishlarini yuritish maʼmuriy organlarga o‘tkaziladi

Ayrim sud ishlarini yuritish maʼmuriy organlarga o‘tkaziladi

"Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–12-son, 16.01.2023 y.) qabul qilindi

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023 yil 1 sentyabrgacha “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024 yildan amaliyotga to‘liq joriy etiladi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar joriy etiladi:

  • ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlarni ko‘rish vakolati maʼmuriy organlarga o‘tkaziladi;

  • ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilanadi.

Ayrim yo‘nalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni ko‘paytiriladi.

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida o‘tiradi.


O‘xshash yangiliklar

Chat