Respublikada yangi yo'nalishlarda mahalliy aviaqatnovlar yo'lga qo'yiladi

Respublikada yangi yo'nalishlarda mahalliy aviaqatnovlar yo'lga qo'yiladi

Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–412-son, 26.10.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra: 

  • 2023-yil martdan Samarqand–Nukus, Samarqand–Mo'ynoq, Samarqand–Termiz, Buxoro–Termiz, Namangan–Termiz va Namangan–Nukus kabi yangi yo'nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;
  • Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish;
  • aviaqatnovlar jadvalini yo'lovchilar uchun qulay bo'lgan temir yo'l, avtobus va mikroavtobus yo'nalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko'riladi.

O'zbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yo'nalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish muddati 2026-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.

O'zbekistonning rezident aviakompaniyalari 2028-yil 1-yanvargacha O'zbekistonga olib kiriladigan havo kemalariga xizmat ko'rsatish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy ta'minot uchun bojxona to'lovlarini to'lashdan ozod qilinadi.


O‘xshash yangiliklar

Chat