Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi

Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (601-son, 14.10.2022 y.) qabul qilindi

Qaror bilan, 2022 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagilar belgilandi:

subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi; 

subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi; 

  • bunda mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi; 

subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi: 

  • yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar; 
  • olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

2022 yil 1 noyabrga qadar “Labor - migration” dasturi va Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminotiga integratsiya qilinadi.

  • Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

2022 yil 1 noyabrga qadar 2020-2022 yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha to‘lanmay qolgan subsidiyalarni to‘liq to‘lash choralari ko‘riladi.

2021 yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.


O‘xshash yangiliklar

Chat