2022/2023 o‘quv yilidan yagona maktab formasini to‘liq joriy etish bekor qilindi

2022/2023 o‘quv yilidan yagona maktab formasini to‘liq joriy etish bekor qilindi

Hukumat qarori bilan (558-son, 03.10.2022 y.) “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi” tasdiqlandi.

Qaror bilan 2022/2023 o‘quv yilidan davlat umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘quvchilarning yagona maktab formasini to‘liq joriy etish talabi bekor qilindi.

Konsepsiya “Yangi O‘zbekistonning yangi maktabi” g‘oyasi asosida maktablardagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.

Konsepsiyada belgilangan maqsadga erishish uchun, jumladan, maktablardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilashda rahbar va pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning hamkorligi va masʼuliyatini oshirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi mavzu va g‘oyalar asosida ijodiy ishlar tanlovi, turkum maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbirlar tashkil qilinadi:

  • "O‘zbekiston – Vatanim manim”;

  • “Davlat ramzlari – faxrim, g‘ururim”;

  • “Davlat tili – millat ruhi”.


O‘xshash yangiliklar

Chat