Mulk huquqiga oid bir qator cheklovlar bekor qilinadi
“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–198-son, 24.08.2022 y.) qabul qilindi
Farmon bilan quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022 yil 1 sentyabrdan bekor qilinadi:
yerga bo‘lgan huquqlardan foydalanishda:
-
yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishiga asos bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish orqali yerga bo‘lgan huquqni tugatish, mazkur hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin;
-
yerdan ixtiyoriy voz kechishni Hukumat yoki hokimlik qarorlari bilan rasmiylashtirish (ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan ariza huquqlni bekor qilish uchun asos bo‘ladi);
-
yuridik shaxs tugatilishi bilan uning yeriga bo‘lgan huquqlarini bekor qilish;
-
yerni jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya sifatida davlatning boshqa ko‘chmas mulkini berish, bunda ko‘p kvartirali uylardagi turar joy berilishi mumkin;
turar joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirishda:
-
turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmaganlarni doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish;
-
sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 3 yil o‘tgach natura shaklida talab qilib olish.
2023 yil 1 yanvardan Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD) ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri va unga oid maʼlumotlar yuritiladigan, maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi hisoblanadi.