“Oqila ayollar” harakati tashkil etildi
“Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (437-con, 08.08.2022 yil) qabul qilindi
Qaror bilan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalarida doimiy faoliyat yurituvchi jamoatchilik tuzilmasi – “Oqila ayollar” harakati tashkil etildi.
Yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti hamda “Oila – muqaddas” tushunchasini keng targ‘ib qilish harakatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Harakat va uning boshlang‘ich guruhlari tarkibiga kiritilgan faol va tashabbuskor ayollar amalga oshirgan ishlarining natijadorligiga ko‘ra homiylik xayriyalari hisobidan rag‘batlantirib boriladi.
Bunda faol va tashabbuskor ayollar faoliyati natijalari bo‘yicha davlat mukofotlari, “Moʻtabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni va boshqa esdalik, ko‘krak nishonlari, idoraviy mukofotlarga tavsiya etilishi, sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berilishi mumkin.