Nogironligi bo‘lganlarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi

Nogironligi bo‘lganlarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori (341-son, 21.06.2022 y.) bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

Reglamentga ko‘ra, nogiron yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki YAIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

  • ariza bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

  • nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi;

yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

  • yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;

  • ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi.

Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

Ariza 3 ish kunida ko‘rib chiqilib:

  • subsidiya ajratish haqida elektron tizimga maʼlumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi;

  • nodavlat taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat taʼlim tashkilotida o‘qishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ariza beruvchilarga oid maʼlumotlar sir saqlanadi.


O‘xshash yangiliklar

Chat