2022/2023 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi
“2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishi qabul qilindi
Farmoyishga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:
bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
- kunduzgi taʼlim shakliga – 77 477 nafar;
- sirtqi taʼlim shakliga – 26 095 nafar;
- kechki taʼlim shakliga – 3 725 nafar;
- masofaviy taʼlim shakliga – 3 410 nafar;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTM kuzatuv kengashlari hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022 yil 20 iyungacha tasdiqlashi tavsiya etildi.