Xotin-qizlar uchun sayyor qabul: Kosonsoy tumani
Bugun Kosonsoy tuman adliya boʻlimi tashabbusi bilan tumandagi Sanʼat va musiqa maktabida xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
- Qabul avvalida Fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan viloyat sudining sudyasi M.Dedabayeva, Namangan viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi N.Yadigarova, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Q.Avezmetov tomonidan Oʻzbekiston Respubldikasida xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy maslalari yuzasidan qabul qilingan Qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtildi. Qolaversa, kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan videoseletorda belgilangan vazifalar va ayollar uchun imtiyozlar xususida tushuntirildi.
- Shundan soʻng, ular uchun sayyor qabul oʻtkazilib, muammolari tinglandi. Qabulda 70 nafar ayollar turli masalalar yuzasidan ishtirok etdi. Shundan, 6 tasi FIB sud tomonidan, 4 tasi Adliya boʻlimi tomonidan hamda 21 tasi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi. Qolgan murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilib, ayrimlari tegishli idoraga yoʻnaltirildi.