Xotin-qizlar uchun sayyor qabul: Yangi Namangan tumani

Xotin-qizlar uchun sayyor qabul: Yangi Namangan tumani

“Xotin-qilar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” doirasida oʻtkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul Yangi Namangan tumanida oʻtkazildi. Tumanning “Chamanzor” MFY binosida 40 nafar ayolning muammolari tinglandi.

Qabulda tuman hokimi oʻrinbosari, adliya boʻlimi, tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi, MIB, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan turli masalalar, xususan, tugʻilganlik faktini belgilash, guvohnoma va guvohnomadan dublikatlar olish, uy-jon hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironlik nafaqasini belgilash, aliment undirish, boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini tayinlash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan 10 ga yaqin murojaatlar ish yurituviga olinadigan boʻldi. Qolgan murojaatlar tegishliligiga koʻra qabulda ishtirok etgan idoralar tomonidan, ayrimlari esa boshqa idoralarga belgilangan tartibda yoʻnaltirildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi


O‘xshash yangiliklar

Chat