Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” deb eʼlon qilingan.
Mazkur oylik davomida joriy yilning 9-15-mart kunlari bir qator hamkor tashkilotlar, jumladan ACTEDning O’zbekistondagi filiali, “Mehrjon” NNT, “Ayol va shodlik” NNT hamda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda “Gender tengligi haftaligi” tashkil etilmoqda.
“Gender tengligi haftaligi” doirasida har kuni gender tengligiga oid turli xil mavzularda, xususan qonunchilikdan xabardorlik, inson huquqlari, ijtimoiy himoya, gender tengligini taʻminlash imkoniyatlari haqida taqdimotlar, davra suhbatlari, treninglar oʻtkaziladi.
Tadbir davomida gender stereotiplar va gender asosidagi zoʻravonlik haqida xabardorlikni oshirish boʻyicha axborotlar keng jamoatchilikka yetkaziladi.
Mazkur tadbirlar Toshkent shahri, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida oʻtkaziladi.
Tadbir davomida jamiyatda gender asosidagi zoʻravonlikni bartaraf etishda fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish, xavf ostida boʻlgan va oiladagi zoʻravonlikdan omon qolgan ayollarni himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish, ayollarning imkoniyatlarini asosiy manfaatdor tomonlar bilan gender tengligi mavzusida ijtimoiy muloqotni yaʻnada kengaytirish, gender tengligini taʻminlashda ayollarning ishtiroki hamda xabardorlikni oshirish koʻzlangan.