“Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
4 aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov mobaynida bloger va jurnalistlar o‘zlarining 100 dan ortiq blogpostlarini va jurnalistik materiallarini taqdim etishdi. Ishchi guruh tomonidan tanlab olingan materiallar munosiblar orasidan munosiblarni tanlash uchun jamoatchilik ixtiyoriga taqdim qilindi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra:
- “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” nominatsiyasida Nargiza Yunusova;
- “Eng yaxshi blogpost uchun” nominatsiyasida esa Hamida Mirsultanova g‘olib deb topildi.
“O‘zbekistonlik” filmi hamda “Biz gender tenglik masalasida befarq emasmiz” ijtimoiy roligi uchun Muxlisa Azizova “Adliya eʼtirofi”ga sazovor bo‘ldi. Adliya vazirligi jamiyatda gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlar muammolariga befarq bo‘lmagan tanlovga material yuborgan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiradi.