Qaerga murojaat qilish mumkin?
Bolani ko‘rikka yo‘llash jarayonini boshlash uchun oilaviy shifokor, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi, ijtimoiy xodim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin. Tibbiyot muassasasi zarur tekshiruvlarni o‘tkazadi va asoslar mavjud bo‘lsa, hujjatlarni TIEKga yuboradi.
Ko‘rik natijasida nima belgilanadi?
TIEK bolaning holatini baholab, tegishli xulosa qabul qiladi. Qonunchilikda bolani nogironligi bo‘lgan bola deb 1 yil, 2 yil yoki 18 yoshga to‘lgunga qadar e’tirof etish nazarda tutilgan. Muddat bolaning holatiga oid belgilangan mezonlarga muvofiq aniqlanadi.
Xulosadan norozi bo‘lsangiz, yuqori turuvchi TIEKga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.