Fuqaroni ishga qabul qilish uning mutaxassisligi, malakasi etarli bo‘lmaganda va qonunda belgilangan boshqa asoslarda rad etilishi mumkin.
Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish mumkin emas.
- Ishga qabul qilish rad etilganda, ish beruvchi uning sababini ko‘rsatgan holda 3 kun ichida yozma javob berishi shart.
- Ishga kirayotgan shaxsning pasporti (ID karta) haqiqiy bo‘lmasa, ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.
Ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy rad etilganda, mehnat huquqini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat etish uchun havolaga o‘ting.