• temir yo‘l vokzali — yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, poezdlar harakatini boshqarish va xizmat xodimlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan temir yo‘l stantsiyasidagi bino yoki binolar kompleksi, inshootlar va qurilmalar;
  • yo‘lovchilar platformasi (perroni) — stantsiyalarda yoki to‘xtash shoxobchalarida yo‘lovchilarning vagonlarga qulay va xavfsiz o‘tishi, ularning vagonlarga chiqishi va tushishi uchun qulaylashtirilgan maydoncha.
  • Yo‘lovchilar temiryo‘l vokzali (stantsiyasi) hududiga ko‘zdan kechirilgandan so‘ng kiritiladi.
  • Yo‘lovchilar temiryo‘l vokzali (stantsiyasi) hududida qo‘l yuki va bagajni tashish uchun aravachalardan bepul foydalanishadi.
  • Temiryo‘ldan o‘tishi faqat buning uchun belgilangan va jihozlangan joylarda (piyodalar o‘tish yo‘llari, piyodalar ko‘prigi yoki er osti yo‘llari) amalga oshiriladi.
  • Nogironlik aravachasidagi shaxslar temiryo‘ldan faqat piyodalar o‘tish yo‘llari orqali va albatta kuzatuvchi bilan o‘tishilari lozim.

Temir yo‘l vokzali (stantsiyasi) hududida amal qiluvchi cheklovlar
  • yo‘lovchilar platformasi va harakatlanuvchi tarkibi tagiga kirish, vagonlar orasidan o‘tish;
  • temiryo‘lning belgilanmagan joylaridan o‘tish;
  • buyumlarni temir yo‘lga qo‘yish;
  • yo‘lovchilar platformasi chetidagi chegaralovchi liniyalarga o‘tish;
  • harakatlanayotgan poezdlarning yonida yugurish;
  • turli harakatli o‘yinlar o‘ynash;
  • bolalarni qarovsiz qoldirish (bolali shaxslar uchun);
  • temiryo‘l transporti to‘liq to‘xtagunga qadar vagonlarga yaqinlashish;
  • poezd yurib borayotganda vagonga chiqish va (yoki) tushish;
  • vagonlar derazalari va tamburlar eshiklaridan bosh chiqarish;
  • yo‘lovchilar platformasidan temiryo‘lga sakrash;
  • belgilar, ko‘rsatkichlar yoki boshqa axborot manbalari bor bo‘lgan jismlarga shikast etkazish, iflos qilish, to‘sib qo‘yish, ularni olib tashlash, mustaqil ravishda o‘rnatish;
  • temiryo‘l transporti infratuzilmasi ob’ektlariga, shu jumladan temir yo‘lning harakatlanuvchi tarkibiga ziyon etkazish;
  • turgan vagonga suyanish, temir yo‘lning harakatlanuvchi tarkibi tomiga chiqish;
  • vagonlar eshiklarining avtomatik ochilishi va yopilishini to‘xtatib turish;
  • temir yo‘lning harakatlanuvchi tarkibi harakatiga xalaqit berish;
  • zinapoyalarda va o‘tish maydonchalarida turish;
  • tirgaklarga hamda bog‘lovchi tarmoqlarning maxsus konstruktsiyalariga va havo liniyalariga va sun’iy qurilmalarga chiqish;
  • tirgaklardan hamda bog‘lovchi tarmoqlarning maxsus konstruktsiyalaridan va elektr uzatish havo liniyalaridan o‘tadigan simlarga qo‘l tegizish;
  • chekish uchun mo‘ljallanmagan joylarda chekish;
  • temir yo‘l yo‘lovchilar tashish transportida alkogolli ichimliklar, toksik va giyohvand moddalar iste’mol qilib mast holatda bo‘lish;
  • ekilgan himoya daraxtlariga, qordan himoya qiluvchi to‘siqlarga va boshqa yo‘l ob’ektlariga, signal beruvchi qurilmalar va aloqa inshootlariga shikast etkazish;
  • sanitariya qonunchiligini, sanitariya normalari, gigiena qoidalari va normativlarini buzish;
  • poezdlar vagonlaridan axlatlar va boshqa buyumlarni tashqariga tashlash;
  • nazorat qilinadigan zona hududida yong‘in xavfsizligi qoidalarini, jamoat tartibi qoidalari va normalarini buzish;
  • tegishli o‘ramalarsiz yoki g‘iloflarsiz fuqarolarni mayib qilishi mumkin bo‘lgan moddalar va buyumlarni o‘zi bilan olib yurish.


Yo‘lovchilar va boshqa shaxslar temiryo‘lda va yo‘lovchilar platformalarida bo‘lgan paytidagi majburiyatlari
  • temiryo‘l vokzali (stantsiyasi) va vakolatli xodimlarini temiryo‘ldagi mavjud xalaqit beruvchi to‘siqlar va boshqa shubhali buyumlar, shuningdek temiryo‘l vokzali (stantsiyasi) hududidagi begona va (yoki) unutib qoldirilgan buyumlar to‘g‘risida xabar berishlari;
  • temiryo‘lning harakatlanuvchi tarkibi yaqinlashayotganda vujudga keladigan havo oqimining ta’siri bo‘lmaydigan masofaga borib turishlari;
  • temiryo‘lning harakatlanuvchi tarkibini shoshilinch to‘xtatish talab qilinadigan vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda mumkin bo‘lgan usul bilan signal berishlari;
  • perronga chiqishda, vagonga kirish va vagondan tushishda (bolali shaxslar uchun) bolalarning qo‘lidan ushlash yoki qo‘lda ko‘tarib olishlari;
  • vagonlarga faqat poezd to‘liq to‘xtaganda, boshqa fuqarolarga xalaqit bermasdan, faqat yo‘lovchilar platformasi tomonidan (temiryo‘l stantsiyalarida maxsus ajratilgan va moslashtirilgan joylarda) kirishlari va (yoki) tushishlari kerak.


Temir yo‘l vokzali (stantsiya) hududidagi shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar
  • ma’lumot-axborot xizmatlari;
  • yo‘lovchilar va rasmiy delegatsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar;
  • uzoq muddat dam olish xonalari;
  • onalar va bolalar xonalari;
  • kutish zallari;
  • ovqatlanish uchun sharoitlar;
  • temiryo‘lning aybi bilan va boshqa favqulodda holatlarda temiryo‘l yo‘lovchilar tashish transporti harakatida uzilishlar yuz bergan hollarda axborot berish tizimi;
  • yuk tashuvchilar xizmatlari;
  • yuk saqlash xonalari;
  • bagaj va qo‘l yukini tashishning belgilangan normalariga rioya qilish ustidan nazorat tizimi;
  • yo‘lovchilar poezdlarga o‘tish uchun xavfsiz yo‘nalishlar;
  • poezdga chiqish (undan tushish) uchun sharoitlar;
  • servis markazlari;
  • imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar, uyushgan guruhlar, shu jumladan bolalar guruhlari, harbiy komandalarning vagonlarga chiqishi-tushishi va temiryo‘l vokzalida bo‘lishi uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlar;
  • yo‘lovchilarni muhofazasi.