O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan
Mazkur qarorga asosan, Chiptalar qaytarilganda (shaharlararo yo‘nalishlardagi chiptalardan tashqari) yo‘lovchidan qaytarish operatsiyalari uchun belgilangan yig‘im undiriladi.
Biroq, urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush qatnashchilari va temir yo‘l transporti xodimlariga chiptalar qaytarilishi holatlarida, qaytarish operatsiyasi uchun yig‘im undirilmaydi.
Temir yo‘l transportida chiptalar yo‘lovchilarga to‘liq qiymatda sotiladi, qonun hujjatlari bilan poezdda imtiyozli yurish belgilangan fuqarolar bundan mustasno.
Temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:
- sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;
- yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
- Chernobilь AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironligi bo‘lgan shaxslarga (O‘zbekiston Respublikasi hududida);
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs;
Temir yo‘llarda chiptaning to‘liq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo‘yicha quyidagilarga berilgan:
- 3-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
- urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga.
Temir yo‘llarda chipta to‘liq qiymatidan 50 foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta (borish va kelishga) yurish huquqiga ega shaxslarga, ularning xohishiga ko‘ra ikki yilda bir marta ikki yillik talonlar (joriy va oldingi yoki joriy va keyingi yilgi) o‘rniga yiliga bir marta bepul yurish (borish va kelishga) taqdim qilinadi.
Bu holda to‘g‘ri yo‘nalishda bunday yurish «borish» ikki taloni o‘rniga, qaytishga esa — «Kelish» ikki taloni o‘rniga rasmiylashtiriladi. Ushbu tartib 3-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Hamma turdagi shahar yo‘lovchi tashish transportlarida (taksidan tashqari), o‘zi yashab turgan ma’muriy nohiya doirasidagi qishloq joylardagi umumiy foydalanishdagi avtomobilь transportida, shuningdek, shahar atrofiga qatnaydigan temir yo‘l transportida, shahardan tashqaridagi marshrutlarda qatnaydigan avtobuslarda bepul yurish, yiliga bir marta (borish va kelish) temir yo‘lda bepul yurish, temir yo‘li bo‘lmagan nohiyalarda esa havo, suv yoki shaharlararo avtomobilь transportlarida birinchi navbatda chiptalar sotib olish