Tuman yoki tumanlararo TIEK xulosasiga qanday e’tiroz bildiriladi?

Xulosadan norozi bo‘lgan shaxs 30 kalendarь kun ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar TIEKga murojaat qilishi mumkin. Shuningdek, belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqi ham bor.

Murojaat kelib tushgach, yuqori turuvchi hududiy TIEK shaxsni 20 kalendarь kun ichida qayta ko‘rikdan o‘tkazib, xulosasini elektron tizimda rasmiylashtiradi.

Hududiy TIEK xulosasiga ham rozi bo‘lmasangiz

Hududiy TIEK xulosasi qabul qilinganidan keyin 5 kun ichida Respublika TIEKga shikoyat berish mumkin. Respublika TIEK murojaat tushganidan so‘ng 20 kalendarь kun ichida qayta ko‘rik o‘tkazadi. U hududiy TIEK xulosasini o‘zgarishsiz qoldirishi, o‘zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin.

Respublika TIEK xulosasi ustidan ham sudga shikoyat qilish huquqi saqlanadi.

Murojaatda nimani ko‘rsatish kerak?

Qaysi TIEK xulosasiga norozi ekaningizni, xulosa sanasini va e’tirozingiz sababini aniq yozing. Mavjud tibbiy hujjatlarni ilova qiling va murojaatingiz qabul qilinganini tasdiqlovchi ma’lumotni saqlab qo‘ying.

Normativ asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan nizom, 60-band.