Qaysi xarajatlar ko‘rib chiqiladi?
Qonunchilikda, jumladan, kreslo-aravacha, kichik gabaritli aravacha, eshitish moslamasi, hassa, qo‘ltiqtayoq va reabilitatsiya vositasini joriy ta’mirlash xarajatlari ko‘rsatilgan. Kompensatsiya vosita yoki xizmatning belgilangan o‘rtacha qiymatidan ortiq bo‘lmaydi.
Qanday murojaat qilinadi?
Shaxs yoki uning qonuniy vakili hududiy tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasiga ariza beradi. Arizaga reabilitatsiya dasturi, xaridni tasdiqlovchi chek yoki kvitantsiya va nizomda ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi. Hujjatlar maxsus komissiyada ko‘rib chiqiladi.
Ijobiy qaror qabul qilinsa, kompensatsiya qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida to‘lanadi. Rad etilsa, asoslangan yozma javob berilishi kerak; rad etish sababi bartaraf etilgandan keyin qayta murojaat qilish yoki qaror ustidan sudga shikoyat berish mumkin.
Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.