O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlaydi;
- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xavfsizligini, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasini hamda moslashuvini ta’minlash bo‘yicha tuzilmalarni tashkil etadi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlarning hamkorligini muvofiqlashtiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;
- xotin-qizlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘radi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan va ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi mavjudligi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqadi;
- tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga rasmiy ogohlantirish beradi;
- himoya orderini beradi;
- zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Mehnat organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- ishga joylashtirilmagan xotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zo‘ravonlik hollarining oldini olish hamda xotin-qizlar bilan o‘zaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha mulk shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi;
- ish qidirayotgan va og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolarga va zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirishga ko‘maklashish choralarini ko‘radi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining hamda ta’lim muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- xotin-qizlarni majburiy mehnatga va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi;
- ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi hamda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- ta’lim muassasalarida bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining hamda sog‘liqni saqlash muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga, shu jumladan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni bepul davolash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ularni sog‘liqni saqlash muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xotin-qizlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar to‘g‘risida xabardor qiladi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘radi;
- zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda o‘z joniga qasd etishning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazadi;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazganligi va zo‘ravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;
- nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishda ishtirok etishi
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashishi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni hamda mazkur sohada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
- Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi.
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlarning hamkorligi
- aniqlangan tazyiq va zo‘ravonlik faktlari to‘g‘risida o‘zaro bir-birini xabardor qilish;
- tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga munosabat bildirish choralarini kelishish hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish;
- tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish va tajriba almashish sohasidagi chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish;
- tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, qonunchilikni va ularning qo‘llanilish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo‘yishning umumiy chora-tadbirlari
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
- tazyiq va zo‘ravonlikning sabablari hamda shart-sharoitlari bo‘lgan omillarni tahlil qilish, o‘rganish va baholash;
- aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot olib borish;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish;
- fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlarni o‘z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari to‘g‘risidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlashning samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
- tazyiq va zo‘ravonlik sodir etish xavfi bo‘lgan guruhlarga mansub shaxslarga yoki ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan oldini olish choralarini amalga oshirish;
- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishga va ularni himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash;
- aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish.