Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida maxsus o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitiladi.
Maxsus o‘qitish dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlar orasidan tegishli tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yil 31 dekabrgacha yillik 8 foizli stavkada, 2020-yil 1 yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1 yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda hamda hududlarda aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni kreditlash tartibi asosida kreditlar ajratiladi.
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi.