Ehtiyotsizlik orqasida engil tan jarohati etkazish jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qasddan engil tan jarohati etkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan bo‘lsa BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast etkazish natijasida ko‘rish, so‘zlash, eshitish qobiliyatini yo‘qotish yoxud biron a’zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo‘qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining 33 foizidan kam bo‘lmagan qismining doimiy yo‘qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo‘lsa - 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat, shuningdek aybdorning yoki uning yaqin kishisining o‘limiga yoki sog‘lig‘iga ziyon etkazilishiga sabab bo‘lgan yoxud sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast etkazish - jazolanadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan havolada tanishing.