Javob: Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran 10 kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli.
Demak, F. ismli ayolning tuflini almashtirish to‘g‘risidagi talabi, agar tufli kiyilishi natijasida uning tovar ko‘rinishi, iste’mol xossalari, yorliqlari buzilmagan bo‘lsa, shuningdek tuflini ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti mavjud bo‘lsa qondirilishi kerak.
Javob: O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari bilan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, sotib olingan zarur sifatdagi dori vositalari qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari hisoblanadi.
Qayd etish lozimki, dorixonadagi “Sotilgan dori vositalari qaytarib olinmaydi!” degan yozuv “uning nuqsoni bo‘lsayam” degan ma’noni ham bildiradi. Qonun esa, nuqsonli tovar sotilgan iste’molchining huquqlarini himoya qiladi.
Javob: Yangi avtomashinani kafolat muddati mobaynida almashtirish, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda, ekspert komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Nuqsonlari bo‘lgan avtomashinani sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funktsiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan almashtirish 7 kun muddatda (agar talab berilgan paytda shunga o‘xshash avtomashina bor bo‘lsa), sifatni qo‘shimcha ravishda tekshirish zarur bo‘lganda esa avtomashina egasi tomonidan talab berilgan kundan boshlab 20 kun ichida amalga oshiriladi. Avtomashinani almashtirish muddatlari ekspert komissiyasi qarori qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi.
Shunga o‘xshash avtomashina mavjud bo‘lmaganda sotib oluvchining nuqsonli avtomashinani almashtirish to‘g‘risidagi talabi e’tiroz berilgan paytdan boshlab bir oy ichida qondirilishi kerak.
Javob: O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari bilan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, sotib olingan zarur sifatdagi mebelь (mebelь garniturlari va to‘plamlari) qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari hisoblanadi.
Sh. ismli ayol do‘kondan sotib olgan mebelь to‘plamida biron-bir nuqson mavjud bo‘lmaganligi sababli, faqatgina uning rangi uyning gulqog‘ozi rangiga mos kelmaganligi asos qilingan holda almashtirilmaydi.
Javob: O‘ziga zarur sifatga ega bo‘lmagan oziq-ovqat tovari sotilgan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida nuqsonli tovarga nisbatan muayyan talablarni qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi.
Demak, T. ismli shaxs go‘sht xaridini amalga oshirgach 24 soat o‘tganidan keyin uni do‘konga qaytarib olib borgan bo‘lsa, do‘kon sotuvchisining unga nisbatan bildirgan e’tirozi to‘g‘ri.