Mehnat haqining miqdori ish beruvchi va xodimning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha belgilanadi.
Mehnat haqi xodimning ishlagan davri va bajargan ishi uchun beriladi.
Mehnatga haq to‘lash qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdoridan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi. Mehnatga haq, qoida tariqasida, pul shaklida to‘lanadi. Mehnat haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi (istisno sifatida qishloq xo‘jaligi vakillari xodimlarga mehnat haqini o‘zlari etishtirgan va qayta ishlangan mahsulotlar bilan (natura) to‘lashi mumkin). Xodimlarga ish haqi ular ishlayotgan joyda to‘lanadi. Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘laganlik uchun mansabdor shaxslarga ma’muriy jarima belgilangan.
Ish haqi hisob-kitobdagi xato natijasida ortiqcha to‘langan bo‘lsagina xodim tomonidan qaytariladi. Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan ortiqcha to‘lovlar qaytarilmaydi.
Mehnatga haq to‘lash muddatlari har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Qoida tariqasida har oyning 15 sanasida avans to‘lovi, keyingi oyning 5 sanasigacha oylik maosh beriladi.
Mehnatga haq to‘lash shartlari xodimning roziligi bilan yoki roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin. Mehnatga haq to‘lashning shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligi bilan amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda xodimning roziligisiz mehnatga haq to‘lash shartlari o‘zgartirilishi mumkin: Bo‘lajak o‘zgartirish haqida xodim kamida 2 oy oldin ogohlantiriladi.
Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi mumkin.
Tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat haqiga rayon koeffitsientlari va ustamalar belgilanadi.