✅ “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuning 8-moddasiga asosan, iste’molchilar — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan.
✅ Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki etarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilganligi, zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga etkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir. ✅ Noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchiga etkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
✅ Tovarda kafolat muddati davomida topilgan nuqsonlarni sotuvchi iste’molchi tegishli talab qo‘ygan paytdan e’tiboran 20 kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, 10 kun ichida bepul bartaraf etishi lozim.
✅ Iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga etkazilgan ma’naviy zarar etkazgan shaxs haq to‘lashi lozim. Ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi. Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
✅ Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, almashtirib berishni talab qilishga haqli. Kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha 6 oy mobaynida amalga oshirilishi mumkin.