To‘lov hujjatida xatolik yoki hisobga olish pribor ko‘rsatkichida noaniqlik aniqlansa, iste’molchi elektr tarmog‘i korxonasiga darhol murojaat qilishi kerak. Bunda murojaat qilingan kundan boshlab 10 sutkadan kechiktirmay, hisob-kitob tekshiriladi, pribor ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Elektr uchun haq to‘lash:
- maishiy iste’molchi har oyning 10-sanasiga qadar elektr uchun hisob-kitob qilishi shart;
- agar qarzdorlik bartaraf etilmasa, iste’molchi elektr tarmog‘idan uziladi.
Elektrdan umumiy foydalanishda hisob-kitob:
- kommunal xonadonda bir nechta oila yashaganda, iste’mol qilingan elektrni ular o‘rtasida taqsimlash nazorat hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
- nazorat hisobga olish asboblarini o‘rnatish uchun elektr tarmog‘i korxonasining ruxsati talab etilmaydi;
- umumiy foydalaniladigan joylarda iste’mol qilingan elektr miqdori amalda yashovchilar soni bo‘yicha taqsimlanadi.
Hisobga olish pribori vaqtincha buzilganda hisob-kitob:
- hisobga olish pribori iste’molchining aybisiz buzilganda, hisob-kitob pribor buzilishiga qadar yoki hisobga olish tiklangandan keyingi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi;
- hisobga olishni tiklash 1 oydan oshmasligi zarur;
- agar priborni ob’ektiv sabablarga ko‘ra, 1 oyda tiklab bo‘lmasa, hisob-kitob qilish tartibi iste’molchi va elektr tarmoqg‘i korxonasi kelishuvi bilan belgilanadi.
Hisobga olinmagan elektr miqdorini aniqlash:
- hisobga olinmagan elektr miqdori dalolatnoma asosida aniqlanadi;
- maishiy iste’molchi Majburiy ijro byuro qarori yuzasidan e’tiroz bildirish huquqiga ega;
- qo‘shimcha to‘lov hujjati bo‘yicha 10 kun muddatda haq to‘lanmasa, qarzdorlik majburiy tartibda undiriladi;
- elektr sarfining qayta hisobi iste’molchini qoida buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
Maishiy iste’molchi qarzdor bo‘lib qolsa, to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun 0,1 foizi miqdorida penya to‘laydi.