O‘zbekistonga kirish, chiqish va tranzit vizalari toifalari:
- diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun);
- diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun);
- diplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik);
- xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun);
- xizmat kirish vizasi (vaqtincha);
- xizmat kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi bo‘yicha);
- rasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida);
- ishbilarmonlik kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining profilь muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun);
- ishbilarmonlik kirish vizasi (biznes viza);
- turistik kirish vizasi;
- guruhli turistik kirish vizasi;
- ziyorat kirish vizasi;
- ishchi kirish vizasi (Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida);
- matbuot vakillari uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi TIVda doimiy akkreditatsiya qilingan);
- matbuot vakillari uchun kirish vizasi («Dunyo» AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar);
- mehmon kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha);
- mehmon kirish vizasi (xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha);
- vatandoshlar uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha);
- talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga);
- o‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga);
- o‘qituvchilar kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy asosda ishga joylashishda);
- akademik kirish vizasi (vaqtincha asosda);
- tibbiy kirish vizasi;
- ekipaj uchun kirish vizasi;
- haydovchilar uchun kirish vizasi;
- chiqish vizasi;
- tranzit vizasi;
- ko‘p martalik investitsiya vizasi.
Vizalarni berish muddatlari bilan havola orqali tanishing.
Elektron viza
Chet el fuqarolari elektron vizani O‘zbekistonning elektron viza rasmiy portaliga murojaat yo‘llash orqali rasmiylashtirishlari mumkin.
Konsullik yig‘imi miqdorlari:
- bir martalik - 20 AQSh dollari;
- ikki martalik - 35 AQSh dollari;
- ko‘p martalik - 50 AQSh dollari.
2018-yil 1-iyuldan fuqarolari vizasiz tranzit rejimida kirish, vaqtincha bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati.
2020-yil 1 yanvardan fuqarolariga 30 kungacha vizasiz rejim o‘rnatilgan davlatlar ro‘yxati.