Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv yili 2 sentyabridan keyingi yilning 31-mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri 1-iyunidan 31-avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Bog‘chada har bir guruhdagi bola soni me’yori kamida 10 nafar bo‘lishi, biroq 30 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar ularda bolalarning bo‘lishi davomiyligiga qarab: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda 5-martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uzluksiz uxlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5 — 6 soatni tashkil etadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik uyquning tavsiya etiladigan umumiy davomiyligi muddati 12 — 12,5 soatni tashkil etadi, shundan 2 — 2,5 soatni kunduzgi uyqu uchun ajratish tavsiya qilinadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejimi va bolalarning unda bo‘lishi davomiyligi uning ustavida belgilanadi.
Guruhlar yoshga doir toifalar bo‘yicha to‘ldirilganda quyidagi yosh toifalari belgilanadi: ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha); kichik guruh (uch yoshdan to‘rt yoshgacha); o‘rta guruh (to‘rt yoshdan besh yoshgacha); katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha); maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan etti yoshgacha). Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish va bolalarni bir guruhdan boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili boshlanguniga qadar amalga oshiriladi.
Guruh tarbiyachisi ertalab bolalarni qabul qilib olgandan keyin, tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi guruh tarbiyachilari tomonidan hamshira nazoratida ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bola bog‘chada bo‘lgan vaqtda sog‘lig‘ining yomonlashuvi, shuningdek boshqa noxush holatlar kuzatilgan hollarda bog‘cha xodimlari tomonidan zudlik bilan tibbiyot hamshirasiga, shuningdek uning ota-onasiga xabar beriladi. Bunda tarbiyalanuvchining ota-onasi etib kelgunga qadar tibbiyot xodimi tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Bola bog‘chada bo‘lgan vaqtda ularni yolg‘iz va nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi. Bolalarni bog‘cha hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalarga olib chiqish ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bog‘chalarga hududiga kirish eshigiga qo‘ng‘iroq o‘rnatilishi va guruhda mavjud bo‘lgan javon, ilgak, portretlar, shuningdek gul tuvaklarini joylashtirishga mo‘ljallangan maxsus moslamalar devor yoki polga mahkamlab qo‘yilishi lozim.
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar uchun tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami, ularni yoshiga doir fiziologik ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan ratsional va mutanosib oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari va maktabgacha ta’lim organlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning ovqatlanishini tashkil etish autsorsing uslubi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Quyidagi ovqat mahsulotlarini tayyorlash yoki bolalarga berish taqiqlanadi: Batafsil havola orqali tanishing.