Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish shakllari
  • kursli - 10-30 nafar tinglovchidan iborat o‘quv guruhlarida tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining O‘quv markazlarida ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda belgilangan muddatlarda nazariy ta’lim beriladi;
  • yakka tartibda - 4-5 nafar tinglovchi o‘qituvchilardan maslahatlar (konsulьtatsiyalar) olish yo‘li bilan mustaqil ravishda o‘rganadi (masalan: milliy hunarmandchilik kasblariga “Usta-shogird” usuli).

Muddatlar
  • kasbga tayyorlashda - 6 oygacha;
  • o‘quv maslahatlari uchun - kasb o‘rgatish uchun ajratilgan umumiy vaqtning 30–40 foizi.

Alohida ishlar bo‘yicha o‘qitish

Qozon nazorati va er osti inshootlariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar (qozon mashinisti, qozonxona o‘tyoqarlari, kran mashinistlari, elektromexaniklar, liftchilar va boshqalar) bo‘yicha ishsizlarni o‘qitish mehnat organlarining mazkur toifali ishchilar zarur bo‘lgan korxonalar bilan tuzgan shartnomalari asosida faqat kasb-hunar kollejlarida, o‘quv markazlarida, o‘quv-kurs kombinatlarida, texnika maktablarida amalga oshiriladi. Ishchilarni bunday kasblarga yakka tartibda tayyorlashga yo‘l qo‘yilmaydi.


  • Milliy va badiiy hunarmandchilik kasblariga o‘rgatish faqat «Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lgan yakka tartibda faoliyat ko‘satayotgan tadbirkor ustalarning maktablarida amalga oshiriladi.
  • «Usta-shogird» usulida kasb o‘rgatishda o‘qish muddatlari ko‘rsatilib shartnoma tuziladi.
  • Ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazi ro‘yxati bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.