Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda ta’tillar beriladi:

  • birinchi va ikkinchi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida - 20 kalendarь kun; kasb-hunar kolleji va akademik litseyda ta’lim olayotganlarga har yili kamida - 10 kalendarь kun, sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida - 30 kalendarь kun;
  • uchinchi va undan keyingi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida - 30 kalendarь kun, kasb-hunar kolleji va akademik litseyda ta’lim olayotganlarga har yili kamida - 20 kalendarь kun; sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida - 40 kalendarь kun;
  • oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida - 30 kalendarь kun;
  • diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o‘quv yurti talabalariga -   4 oy, kasb-hunar kolleji va akademik litseyi talabalariga esa - 2 oy muddat.