Bog‘chaga berish yoshiDavlat bog‘chalariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadilar. Xususiy bog‘chalarga qabul qilish yoshi va tartibi ushbu bog‘chalar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bog‘chaga bolani joylashtirish uchun anketa to‘ldirishDavlat bog‘chasiga bolani joylashtirish uchun yo‘llanma olish haqida anketani to‘ldirish zarur. Anketani 2 xil usulda to‘ldirish mumkin.
- Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish.
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tegishli anketani to‘ldirish.
Yo‘llanma olish uchun faqatgina tegishli so‘rovnomani to‘ldirish talab etiladi. Bunda faqatgina yo‘llanma olishda imtiyozlar mavjud bo‘lsa tegishli hujjatlarning asl nusxalari ko‘rsatiladi.
Bog‘chaga joylashtirishda imtiyoz berilgan shaxslar ro‘yxatiQuyidagi shaxslarga bolani bog‘chaga qo‘yishda imtiyozlar beriladi:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
- 3 nafar yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning bolalari;
- harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;
- talabalar va pedagoglarning bolalari;
- etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
- boshqa muassasalardan o‘tkazilgan bolalar;
- akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar.
Mazkur ro‘yxatdagi bolalarga bog‘chada bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda birinchi navbatda yo‘llanma beriladi.
Bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanma olishBog‘chaga berish haqida anketa to‘ldirilayotganda tanlangan bog‘chada bo‘sh o‘rin mavjud yoki mavjud emasligi avtomatik ravishda ma’lum bo‘ladi. Agar bo‘sh o‘rin bo‘lmasa bunda:
- bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lgan boshqa bog‘chani tanlash (yo‘llanma olish);
- bo‘sh o‘rin bo‘lganda yo‘llanma olish uchun navbatga kirish (bunda bir yo‘la 2 ta bog‘chani tanlash mumkin).
Taqdim etgan anketada ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi yo‘llanmalar berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Boshqa asoslar bo‘yicha yo‘llanma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yo‘llanma berish muddatiYo‘llanma bo‘sh joy paydo bo‘lgan kundan boshlab bir ish kuni ichida taqdim etiladi.
Yo‘llanma olingandan keyin 15 kun ichida bog‘chaga olib borilishi kerak. Ushbu muddat o‘tgandan keyin taqdim etilgan yo‘llanma qabul qilinmaydi.
Bola bog‘chaga yo‘llanma taqdim etilgandan keyin bir ish kuni ichida qabul qilinadi.
Bolani bog‘chaga qo‘yishda to‘lanadigan summaBolalarni bog‘chaga qabul qilish bepul amalga oshiriladi.